AQShning Ford konserni va Xitoyning Zotye kompaniyasi Xitoyda avtomobillar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochishga kelishib oldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligiga tayanib “Kun.uz” xabar berdi.
“Ford va Zotye kompaniyalari Xitoy bozori uchun avtomobillar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona yaratadi”, deb aytilgan xabarda.
Bo‘lg‘usi kompaniyaning ustav kapitali 20 mln dollarni tashkil qiladi. Kompaniyalar uning 50 foizdan aksiyalarini olishadi. Avtomobillar Chjetszyan viloyati hududida ishlab chiqariladi.
2017 yil oxirida Ford konserni Anhui Zotye Automobile kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etishini ma’lum qilgandi. Rejaga ko‘ra, 2025 yilgacha 15 ta turli model ishlab chiqarilmoqchi.
Ford dunyodagi eng yirik avtomobilsozlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya 2017 yilda Xitoy bozorida 1,2 mlntaga yaqin mashina sotgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!