07:35 / 14.05.2018
4 182

Samsung Galaxy smartfonlarida raqam qora ro‘yxatga qanday kiritiladi?

Samsung Galaxy smartfonlarida raqam qora ro‘yxatga qanday kiritiladi?
Firibgarlar yoki turli tovarlarini telefon orqali sotib yuruvchilarning qo‘ng‘iroqlari sizni bezor qildimi, unda o‘qing.

Samsung Galaxy’ ning barcha smartfonlarida raqamlarni boshlang‘ich holatiga keltirish funksiyasi mavjud, shunday ekan boshqa hech qanday ilova o‘rnatishga hojat yo‘q. Keling uni tanishtiramiz.

Ikkita usul ham nafaqat kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni balki, xabarlarni ham bloklay oladi. Raqamni Samsung Galaxy’da qanday qilib standart usulda qora ro‘yxatga qo‘shib qo‘yamiz?

1-usul: telefonda raqam tergichni oching. Jurnaldagi raqamni yoki aloqani bosing. O‘ngdagi yuqori burchakda “Menyu” tugmasini bosing, keyin “Blokirovaniye/razblokirovaniye nomera” ni tanlang. Qo‘ng‘iroqni ham xabarni ham bloklamoqchi bo‘layotgan bo‘lsangiz, u holda ikkala qo‘shgichni ham qo‘shilgan holatga keltiring, yoki kerak bo‘lsa bittasini shunday qilsangiz ham bo‘ladi.

2-usul: “Soobщeniya” ilovasini oching. Yuqori o‘ng burchakdagi “Opsiyalar” tugmasini bosing, keyin “Nastroyki” ni tanlang. Menyuosti “Filtr spama”ga o‘ting, so‘ngra “Upravleniye spam nomerami” ga o‘ting. Keyin raqam maydoniga olib chiqing va qo‘shuvni bosing.

Shuningdek, siz raqamni kiruvchidan ham yoki aloqadan ham qora ro‘yxatga kiritsangiz bo‘ladi.

Raqam va xabarni dastur yordamida Samsung smartfonlarida qanday bloklash mumkin?

Agar siz shuningdek, ro‘yxatingiz bo‘yicha bloklangan qo‘ng‘iroqlarni boshqarmoqchi bo‘lsangiz, unda bepul “Chernыy spisok” ilovasidan foydalaning. U qora ro‘yxatni saqlangan aloqalar, jurnaldagi raqamlar bilan to‘ldirish mumkin yoki shunchaki qo‘lda qo‘shib qo‘yish mumkin. Bloklangan telefon sizga qo‘ng‘iroqlar yoki xabarlarni yetkazmay qo‘yadi, lekin uning tarixi ilovaning o‘zida saqlanib qoladi, shunday ekan siz qo‘ng‘iroq qilishga yoki xabar qilishga bo‘lgan urinishlar haqida bilib turasiz.

“Chernыy spisok” dasturining asosiy ustun tomoni: Barcha noma’lum raqamlarni bloklash (aloqa ro‘yxatida yo‘q raqamlar) mumkin.

Manba: Terabayt.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy smartfonlarida raqam qora ro‘yxatga qanday kiritiladi?