10:40 / 14.05.2018
5 665

Nukusda sotuvchisi yo‘q, antiqa suv sotish qurilmasi ishga tushdi (foto)

Nukus shahrida sotuvchisi yo‘q tozalangan suv sotish qurilmasi ishga tushdi, deb yozmoqda Kruz.uz sayti. Ushbu qurilmaning antiqaligi shundaki, tozalangan suvni do‘konlardagi kabi sotuvchilar sotib o‘tirishmaydi. Pulingiz va suv soladigan idishingiz bo‘lsa bas. Qurilmada yozilishicha, 1 litr tozalangan suv 200 so‘m ekan.

Faqat qurilma 200 so‘mlik kupyuralarni qabul qilmaydi va qaytim ham qaytarmaydi.
Qurilma faqat 500 so‘m, 1000 so‘m va 5000 so‘mlik kupyuralarni qabul qiladi. Antiqa, sotuvchisi yo‘q suv sotish qurilmasi Nukus shahrida, "UMS" binosining yon tarafida joylashgan.

Pulini bermay shu issiq kunda suv o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlar diqqatiga, kamera bor!
Nukusda sotuvchisi yo‘q, antiqa suv sotish qurilmasi ishga tushdi (foto)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nukusda sotuvchisi yo‘q, antiqa suv sotish qurilmasi ishga tushdi (foto)