NASA Marsga mini-vertolyot yuborish niyatida. Bu 2020 yilda amalga oshadi hamda sayyorani o‘rganish uchun qilinadi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
«Boshqa sayyora osmonida parvoz qiluvchi vertolyot haqidagi g‘oya hayajonga solmoqda. Mars Helicopter (uchar qurilma nomi – tah.) ilm-fan kelajagi uchun ko‘p narsa va’da qilmoqda, bunda Marsda tadqiqot missiyalari va ixtirolar ham istisno etilmaydi», - deya aytib o‘tdi NASA rahbari Jim Bridenstin.
Ta’kidlanishicha, mini-vertolet boshqa sayyoraga yuboriladigan, havodan og‘irroq tarixdagi birinchi uchar qurilmaga aylanadi.
Og‘irligi 1,8 kg bo‘lgan vertolyot 2013 yildan beri ishlab chiqilgan. U quvvatlantirish uchun quyosh panellari va sovuq sayyora sharoitlari uchun isitish mexanizmi bilan jihozlangan. Apparat parraklari Yerdagi vertolyotlardan 10 martaga tezroq aylanadi, sababi Mars atmosferasi nisbatan siyrak.
Qurilma 2020 yilda uchiriladi va sayyoraga 2021 yilning fevral oyida yetib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq InSight missiyasi Marsga parvoz qilgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi