06:01 / 16.05.2018
4 523

«Galaxy S10» o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi

«Galaxy S10» o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi
Avvalroq, «Samsung» kompaniyasining ekran ostidagi biologik tanib olish texnologiyasiga ega ilk flagmani «Note 9» bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Fabletning joriy avlodida skaner an’anaviy ravishda orqa panelga joylashtirilgan, deb xabar beradi «Xabar» nashri.

Keyinroq tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, kompaniya ushbu texnologiyani ishga tushirishga hali tayyor emas ekan. Barcha umid 2019 yilning yanvarida taqdim etilishi kutilayotgan «Galaxy S10»dan, deyiladi xabarda. Yubiley qurilmada qandaydir o‘ziga xos xususiyat bo‘lishi kerak: egiluvchan ekran yoki hech bo‘lmaganda ekran ichiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri.

Koreyada tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, texnologiyaning aniqligi va chidamliligini oshirish uchun kompaniya o‘zining ultratovushli yechimini ishlab chiqmoqda. Mazkur texnologiya ancha qimmat va uni ommaviy ishlab chiqarishda qo‘llash qiyin. Xabar berilishicha, «Samsung»ning ultratovushli ekranosti barmoq izi skaneri ustidagi ishlar yakunlangan, ammo «Galaxy S10» chiqadigan vaqtgacha uning mahsuldorligi va aniqliligi yaxshilanishi kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Galaxy S10» o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi