18:56 / 17.05.2018
4 826

Google Ramazon munosabati bilan yangi xizmatlarni taqdim etdi (foto)

Google Ramazon munosabati bilan yangi xizmatlarni taqdim etdi (foto)
Google bugungi kunda internet tarmog‘ida katta ulushga ega bo‘lgan internet xizmatlarini taklif etayotgan kompaniya hisoblanadi.

Kompaniya musulmonlarning muqaddas oyi Ramazon munosabati bilan, musulmonlarning ko‘ngliga xush yoquvchi dizayndagi Google qidiruv tizimi dizaynini taqdim etdi. GoogleDoodlening Ramazonga bag‘ishlangan yangiliklaridan biri sifatida bannerning joylangani bo‘ldi.

Bundan tashqari kompaniya ushbu oyda qiblani izlash bilan bog‘liq so‘rovlar ko‘paygani sababli Qibla Finder (qiblani topuvchi) xizmati va Qalam nomli loyihasini ishga tushirdi, deb xabar berdi diniy idora sayti.

Qalam loyihasida xattotlik san’atini virtual olamga ko‘chirilgan. Istalgan inson o‘z tabrigini arab yozuvida yuborishi mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Ramazon munosabati bilan yangi xizmatlarni taqdim etdi (foto)