Kompyuterlar xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi «Cicco Talos» kompaniyasi mutaxassislari «Telegram» messenjerining kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga qodir zararli dasturni aniqladi. Ushbu dastur rus tilida so‘zlashuvchi «o‘lja»larga yo‘naltirilgan va anonimayzer xizmatlariga bog‘liq IP-manzillarni chetlab o‘tadi, deb xabar berdi «Xabar» nashri.
Taxminlarga ko‘ra, dastur mualliflari «Racoon» va «Enot272» niki ostidagi rus tilida so‘zlashuvchi xakerlar bo‘lishi kerak.
«Tezkor tahlillarga tayanadigan bo‘lsak, «Racoon Hasker» rus tilida so‘zlashadi va «Python» dasturlash tilini juda yaxshi biladi. Masalan, foydalanuvchining uy katalogida CP-1251 kodlash sxemasi ishlatiladi, bu asosan rus yoki ukrain tillarida bajariladi», — deya ta’kidlaydi ekspertlar.
2018 yilning aprelida xaker «Telegram»ga ikki marta hujum uyushtirgan va kesh fayllarini, shuningdek, messenjerning shifr kalitlarini qo‘lga kiritgan. Ushbu kalitlar muntazam o‘zgarib turadi, shunday ekan xaker barcha foydalanuvchilar yozishmasini o‘qiy olmaydi.
«Telegram» keshida foydalanuvchilarning yozishmalari — hujjatlar, video va audioyozuvlar, suratlar saqlanadi. Zararli dastur messenjerning faqatgina kompyuterlarga mo‘ljallangan versiyasiga hujum qilmoqda.
«Telegram» ma’muriyati hozircha bu borada hech qanday ma’lumot bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi