15:53 / 04.06.2018
4 289

Tadqiqot: Amerikaliklar ommaviy ravishda «Facebook»ni tark etmoqda

Tadqiqot: Amerikaliklar ommaviy ravishda «Facebook»ni tark etmoqda
Foto: «NV.ua»
«Pew Research Center» tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, amerikalik o‘smirlar «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idan voz kechib, «Snapchat» va «Instagram»dan foydalanishga o‘tgan, deb xabar bermoqda «Xabar» nashri.

Amerikadagi 13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning atiga 51 foizi «Facebook»dan foydalanadi. Ijtimoiy tarmoqning mashhurligi 2015 yilgi natijalardan 20 foizga tushib ketgan.

Ayni vaqtda amerikalik o‘smirlarning aksariyati «YouTube»dan (85 foiz), «Instagram»dan (72 foiz) hamda «Snapchat»dan (69 foiz) foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Avvalgi tadqiqot natijalarida o‘smirlarning 52 foizi «Instagram»dan foydalangani aniqlangan bo‘lsa, 41 foizi «Snapchat» ishlatar edi. 2015 yildagi so‘rovlarga «YouTube» kiritlmagan.

«Facebook» daromadi kam bo‘lgan oila farzandlari orasida mashhurligicha qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tadqiqot: Amerikaliklar ommaviy ravishda «Facebook»ni tark etmoqda