O‘zbekistonda Xitoy va Hindistonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda mototsikl texnikasini chiqarish bo‘yicha bir yo‘la ikkita zavod ishga tushirilishi reja qilinmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” Sputnik’ nashrigaga tayanib xabar bermoqda.
«Namangan viloyatida Xitoyning Lifan kompaniyasi bilan yangi korxona ochiladi. U yerda skuter, mototsikl va uch g‘ildirakli yuk motorollerlari ishlab chiqariladi. Zavodni Norin mexanika zavodi bazasida yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz», — degan «O‘zavtosanoat» rahbari Umidjon Salimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni eski xatolarini takrorlamoqchi emas, shu sababli ushbu segmentda raqobatni rivojlantiradi. Shu maqsadda, dedi u, «O‘zavtosanoat» bunday loyihadan yana bittasini Hindistonning Bajaj kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushiradi.
«Navoiyda Hindiston bozorining yetakchilaridan biri — Bajaj bilan zavodni ishga tushirish ustida ishlayapmiz. Biz ular bilan muzokaralar olib boryapmiz», — dedi Salimov.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi