20:30 / 06.06.2018
4 128

To‘g‘ri o‘tirishga o‘rgatadigan «aqlli stul» yaratildi

To‘g‘ri o‘tirishga o‘rgatadigan «aqlli stul» yaratildi
Foto: «Hi-tech.mail.ru»
Olimlar o‘tirganda og‘irlikning orqaga teng taqsimlanishini ta’minlaydigan hamda uni kamaytirish borasida «maslahatlar» beradigan stulni ixtiro qildi, deb xabar beradi «Xabar» nashri.

Bundan tashqari mazkur stul yordamida elektron ping-pong o‘ynash mumkin. Ushbu ixtiro «MS Wissenschaft» ko‘rgazmasi doirasida taqdim etilgan.

Agarda stulda ko‘p o‘tirib qolsangiz, yelka va orqalaringiz og‘rishni boshlaydi. Kam harakatga bog‘liq ish tarzi og‘ir asoratlarga — qon bosimi va tananing oshishiga olib keladi. Muammoni yechishning yagona usuli — ko‘proq harakat qilsish va kamroq o‘tirish.

«Aqlli stul»ga o‘rnatilgan bir nechta sensorlar og‘irlikni o‘lchashga va o‘tirgan odam tomonidan bu borada yo‘l qo‘yilayotgan «xato»ni aniqlashga qodir. Qurilma olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va smartfon yoki kompyuterga o‘rnatilgan maxsus dasturga signal yuboradi. Dastur esa ushbu holatda qanday o‘tirish kerakligi haqida video taqdim etadi.

Shuningdek, stulda o‘tirgan foydalanuvchi zerikib qolmaydi. U tizzalar harakatini hisobga olib, ularni elektr signallariga aylantiradi va interfaol ekranga yuboradi. Foydalanuvchi ekrandagi raketkadan foydalanib, ping-pong o‘ynashi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » To‘g‘ri o‘tirishga o‘rgatadigan «aqlli stul» yaratildi