UzCard kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirayotgan PayPal bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda kompaniya direktori Ahror Mahmudov Spot internet-nashri bilan suhbatda ma’lum qilgan.
Direktorga ko‘ra, kompaniya allaqachon Qiwi, “Yandeks.Dengi” va Webmoney pul o‘tkazish tizimlari bilan kelishuvga erishib bo‘lgan.
“O‘ylashimcha, tez orada PayPal bilan shartnoma imzolaymiz. Buni juda ko‘pchilik, ayniqsa mamlakatimiz yoshlari kutishmoqda. Bundan tashqari O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun ham bu tizim orqali to‘lovlarni amalga oshirish oson bo‘ladi. Ishonch bilan aytishim mumkinki, yaqin bir oy ichida biz to‘rttala servisdagi karmonlarni so‘m bilan to‘ldirish imkonini beruvchi xizmatlarni ishga tushiramiz”, degan Mahmudov.
PayPal, Qiwi, “Yandeks.Dengi” va Webmoney’dagi onlayn-karmonlarni naqd pul bilan, terminallar va infokiosklar orqali, shuningdek, UzCard kartasini ulab qo‘yish orqali onlayn-rejimda ham to‘ldirish mumkin bo‘ladi. Xizmat haqi 1 foiz atrofida bo‘lishi aytilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi