23:36 / 07.06.2018
5 831

Putin: «Avangard» — o‘xshashi yo‘q qurol»

Putin: «Avangard» — o‘xshashi yo‘q qurol»
Foto: «Business.tsargrad.tv»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya xalqi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazgani haqida xabar bergandik.

Jonli muloqotda Putin rossiyaliklardan birining «Avangard» to‘g‘risida so‘ragan savoliga: «O‘xshashi yo‘q qurol. Bunday qurolni yaqin kelajakda hech qaysi davlat ishlab chiqara olmaydi», degan. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

2001 yil hukumat tepasiga kelgandan beri aholi bilan jonli muloqot qilib kelayotgan Putin ushbu an’anani bugun 3 soatu 45 daqiqa davom ettirdi.

Putin «Avangard»ni ovozidan 10 barobar tez, deya ta’rifladi va bu qurolni yaqin kelajakda hech qaysi davlat ishlab chiqara olmasligini, lekin Rossiya hozirdan shunday qurolga ega ekanini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Putin: «Avangard» — o‘xshashi yo‘q qurol»