16:15 / 10.06.2018
4 919

«Samsung» «cho‘ntakbop» flagmanlarini taqdim etdi (foto)

«Samsung» «cho‘ntakbop» flagmanlarini taqdim etdi (foto)
Foto: «Terabayt»
Kuni kecha, 2018 yilning 9 iyun sanasida «Samsung» o‘zining o‘rta narxli «Galaxy A9 Star» hamda «Galaxy A9 Star Lite» modelli smartfonlarini rasman namoyish qildi, deb xabar bermoqda «Terabayt».

Bu ikki modelning o‘xshash jihatlari ko‘p: 2220x1080 piksel sig‘imli SuperAMOLED-displey, Qualcomm chipsetlari, 4 gigabaytlik tezkor xotira, 24 megapikselli selfi-kamera, orqa paneldagi daktiloskopik datchik, NFC moduli hamda Experience 9.0 grafik qobig‘idagi «Android Oreo» operatsion tizimi.

Farqlariga keladigan bo‘lsak, «Galaxy A9 Star» gadjeti Snapdragon 660 protsessoriga va diagonaliga 6,28 dyuymlik ekranga ega. Uning doimiy xotirasi hajmi 64 gigabaytga, akkumulyatorining tok sig‘imi esa 3700 mA/soatga teng. Smartfonning asosiy kamerasi 16 va 24 megapikselli sensorlarni o‘z ichiga olgan, ular «iPhone X» dizaynida joylashtirilgan. Smartfonda zamonaviy USB Type-C porti hamda FM-radio mavjud.

Foto: «Terabayt»
«Aka-uka»larning «kichkina»si – «Galaxy A9 Star Lite» esa 6 dyuymlik ekran bilan kifoyalangan, chipseti ham Snapdragon 450 modeliga mansub. 3500 mA/soatlik batareyadan kuch olib ishlaydigan bu smartfon 32 gigabayt ichki xotiraga ega. Garchi selfi uchun 24 megapikselli kamera ajratilgan bo‘lsa-da, «Galaxy A9 Star Lite» modelining asosiy kamerasi «oddiyroq» – 5 va 16 megapikselli datchiklardan iborat.

«Cho‘ntakbop» flagmanlarning savdosi 15 iyundan boshlanadi. Ularning «to‘ng‘ich»i 470 dollar, «kenja»si esa – 310 dollardan sotuvga chiqishi kutilyapti.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Samsung» «cho‘ntakbop» flagmanlarini taqdim etdi (foto)