Soliqdan qarzdorlik haqida SMS orqali bilish mumkin bo‘ldi

  • 26 dekabr 2014, 12:56
  • 16 452
  • Texnologiya
  • Soliqdan qarzdorlik haqida SMS orqali bilish mumkin bo‘ldi

    Soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich interaktiv formatiga o‘tkazish va ularni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integrasiyalash chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

    Unga asosan 2014 yil boshidan «Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish», «Tashqi iqtisodiy faoliyat olib boruvchi O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining rezidentligi (doimiy joyi) haqida rasmiy tasdiqlash», «Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlash uchun tadbirkorlik subektlaridan elektron ariza berish» interaktiv davlat xizmatlari joriy etildi.

    Shuningdek, soliq to‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida mobil aloqa orqali foydalanadigan «Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning soliq qarzdorliklari haqida SMS-axborot berish», «STIR haqida SMS-axborot berish» kabi yana ikki turdagi interaktiv xizmatlar yaratilgan. Ushbu xizmatlarni taqdim etish maqsadida 1077-son qisqa raqam ijaraga olingan va respublikaning barcha uyali aloqa operatorlari bilan ushbu raqam orqali SMS xizmatlarini soliq to‘lovchilarga ko‘rsatish bo‘yicha bitimlar tuzilgan. Hozirda ushbu qisqa raqamdan mobil aloqa orqali «Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning soliq qarzdorliklari haqida SMS-axborot berish», «STIR haqida SMS-axborot berish» interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

    Soliq qonunchiligiga rioya etish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliq to‘lovchilarga o‘z majburiyatlarini bajarishda yordam ko‘rsatish, ularga axborot-maslahat xizmat turlarini kengaytirish sohasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Normativ hujjatlar», «Soliq organlarining rasmiy tushuntirishlari», «Soliq nizolarini ko‘rib chiqish», «Ko‘p uchraydigan savollar», «Jismoniy shaxslar soliqlari bo‘yicha maslahatchi», «Imtiyozlar ma’lumotnomasi» va «O‘z biznesingni yarat» kabi interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati ma’lum qiladi.

    manba: uz24.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    Qoldirilgan fikrlar (3)

    1. Akmaljon15 мая 2019 11:51
      Qarzdorlik haqida bilmoqchiman
      0
    2. Muhammad18 мая 2019 10:12
      Sayt orqali ya'ni STIR raqami bilan aniqlash imkoniyatini ham kiritish kerak soliq idorasida soatlab navbatlarni yechimi topilgan bo'lar edi.
      0
    3. Саид26 июня 2019 21:38
      Солик, мол мулк карздорликни билмокчиман.
      0
    » » Soliqdan qarzdorlik haqida SMS orqali bilish mumkin bo‘ldi