07:00 / 16.06.2018
4 510

«Lenovo» 128 gigabayt tezkor xotiraga ega noutbuk yaratdi

«Lenovo» 128 gigabayt tezkor xotiraga ega noutbuk yaratdi
«Lenovo» kompaniyasi asosan virtual reallik mo‘ljallangan, biroq har qanday murakkab masalalarda foydalanish mumkin bo‘lgan «ThinkPad P52» noutbugini taqdim etdi. Kompyuterning o‘ziga xos jihati unga 128 gigabayt tezkor xotira o‘rnatilganida, deb yozadi «Xabar» nashri.

Shuningdek, noutbukning ichki xotirasi 6 terabaytga teng.

«ThinkPad P52» 15,6 dyuymli 4K displey bilan jihozlangan. Noutbuk sakkiz yadroli so‘nggi avlod «Intel Xeon» protsessorida va «NVIDIA Quadro P3200» videokartasida ishlaydi.

Umuman olganda, bu oddiy noutbuk. Unda uchta «Thunderbold» porti, uchta to‘liq o‘lchamli «USB», «HDMI», mini «Display Port» mavjud. Bundan tashqari kompyuterga barmoq izi skaneri va tunda klaviaturalarni yoritib turish tizimi o‘rnatilgan.

Iyun oyida sotuvga chiqadigan noutbuk narxi hozircha ma’lum emas. Ayni vaqtda Rossiyada «Lenovo»ning eng qimmat noutbugi 3200 dollardan sotilmoqda, biroq «ThinkPad P52» undan ancha qimmat bo‘lishi aniq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Lenovo» 128 gigabayt tezkor xotiraga ega noutbuk yaratdi