15:27 / 18.06.2018
4 026

Toshkent metrosida mobil aloqa ishga tushirilishi mumkin

Toshkent metrosida mobil aloqa ishga tushirilishi mumkin
2018 yil 1 iyundan boshlab Toshkent metropolitenida fotosurat va videoga tushirishga rasman ruxsat berilib, Metropolitendan foydalanish qoidalarining 4 — «Yo‘lovchilarning huquqlari» bo‘limiga 4.2-band qo‘shilgan va unda «Foto- va video suratga olishga ruxsat etiladi» deb yozib qo‘yilgan edi.

Ayni paytda sinov tariqasida Toshkent metropolitenining ayrim bekatlarida bepul Wi-Fi ishlab turganini alohida qayd etish kerak. «Xabar» nashrining aniqlik kiritishicha, endilikda metroda aloqa xizmati ham ishga tushishi mumkin.

Nashrning yozishicha, metroga mobil aloqa operatorlarining antennalarini o‘rnatish ishlari Wi-Fi tarmog‘ining sinovi yakuniga yetgach boshlanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkent metrosida mobil aloqa ishga tushirilishi mumkin