21:43 / 04.07.2018
4 385

O‘zbekistonda yil boshidan buyon internet tezligi 1,5 barobar oshdi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon internet tezligi 1,5 barobar oshdi
O‘zbekistonda xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi soniyasigaa 140,034 Gbitga yetgan, ya’ni 2018 yilning boshiga nisbatan 1,5 barobar oshgan (yil boshida 94,034 Gbit/s). Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida bo‘lib o‘tgan va 2018 yilning I yarim yilligi sarhisoblariga bag‘ishlangan vazirlik Hay’at kengashining yig‘ilishida ma’lum qilindi.

2018 yil oxirigacha xalqaro internet kanallarining o‘tkazuvchanligini 8—10 barobar oshirib, soniyasiga 1 Tbitga yetkazish belgilab olindi. Shuning bilan birga, internet provayderlar uchun xalqaro internet kanallariga ulanish narxi o‘zgarishsiz qolgan – 244 985 so‘mni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2018 yilning ikkinchi yarim yilligida xalqaro yetakchi telexauslarga ulanish nuqtalarini tashkil qilish va turli yo‘nalishlar bo‘yicha yangi marshrutlarni bosqichma-bosqich tashkil qilish, magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish maqsadida mamlakat bo‘ylab 2 ming km lik optik tolali aloqa tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda yil boshidan buyon internet tezligi 1,5 barobar oshdi