Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarmoqchi

  • 06 iyul 2018, 13:23
  • 2 592
  • Texnologiya
  • Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarmoqchi
    O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Xitoyning Shenzhen MicroMultiCopter va BShark Holdings kompaniyalari O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish uskunalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

    Davergeodezkadastrning Sof.uz'ga xabar qilishicha, hujjat qo‘mita Geoinnovatsiya markazi xodimlarining Shenchjenga safari jarayonida imzolandi.

    Har ikki kompaniya O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni mo‘ljallamoqda. Tomonlar ta’limiy dasturlarni ishlab chiqish, yeminarlar tashkil etish, mutaxassislar almashish, uchuvchisi uchish texnologiyalari sohasida axborot va tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

    Shenzhen MicroMultiCopter zarur ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalarini yetkazib berish, xodimlarni o‘qitish, savdo va marketing bo‘limlarini tashkil etish rejalari to‘g‘risida ma’lum qildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarmoqchi