07:53 / 08.07.2018
5 150

Fortnite yangi qurol va limitlangan kostyum bilan boshqacha bo‘lib qoldi

Fortnite yangi qurol va limitlangan kostyum bilan boshqacha bo‘lib qoldi
Fortnite uchun 4,5 yangilanish o‘yinni “Playground” rejimiga qaytardi, shuningdek Battle Royale va Save the World’larga yangi zambarak qo‘shdi.

Bugundan boshlab, o‘yinchilar “qirollar jangi” rejimini Drum Gun avtomati bilan o‘ynaydi. Dasturchilar uni vintovka va tezotar SMG’ kuchining gibridi sifatida qo‘llagan. Zambarak noodatiy va noyob variantga ega. Drum Gun o‘rta kalibrdagi patronlar bilan otadi, o‘qdonida 50 ta snaryad bor.

Save the World rejimida o‘ynaydiganlar uchun dasturchilar boshqa qurolni tayyorlaganlar, bular: Freedom Herald Pistol va Stink Bomb. Keyingisi o‘tgan oyda “qirollar jangi”da paydo bo‘ldi, tupponcha esa – yangilik. Yangi qurol uchun kerakli jihozlar ro‘yxatiga Mustaqillik kuni sharafiga limitlangan kostyumlar kiritilgan. Stars and Stripes Heroes’ni do‘konlarda sotib olsa bo‘ladi, lekin ilovalar vaqt bo‘yicha chegaralangan.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyulda Fortnite’da beshinchi mavsum boshlanadi, u allaqachon jamoatchilik orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. “Zlogo loja” raketasi uchirilgandan keyin osmonda doimiy kengayib boruvchi yoriq paydo bo‘ldi. Ehtimol, Fortnite dunyosi katta o‘zgarishlarni kutayotgandir.

Manba: Terabayt.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Fortnite yangi qurol va limitlangan kostyum bilan boshqacha bo‘lib qoldi