16:33 / 08.07.2018
4 473

2018 yilda Odnoklassniki mobil o‘yinlar ixtirochilariga 100 mln.rubldan ortiq mablag‘ to‘ladi

2018 yilda Odnoklassniki mobil o‘yinlar ixtirochilariga 100 mln.rubldan ortiq mablag‘ to‘ladi
2018 yilda Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i platformasida mobil HTML5 o‘yinlari ixtirochilarining daromadlari o‘tgan yildagiga qaraganda 3,5 barovar oshdi. Yilning birinchi besh oyida OK ixtirochilarga 100 mln.rubldan ortiq mablag‘ to‘ladi. 1 iyuldan ijtimoiy tarmoq mobil HTML5 o‘yinlarini quvvatlash dasturini ishga tushiradi: barcha yangi o‘yinlar OK platformasida bepul ilgari surishga ega bo‘lishadi. Mobil HTML5 o‘yinlari — ijtimoiy tarmoq o‘yin platformasi rivojlanishining yangi yo‘nalishidir, u tufayli tarmoqda uncha yuqori bo‘lmagan raqobat mavjud. Bu yangi o‘yinlarga tezda pul ishlab olish va katta auditoriyani qamrab olish imkonini beradi. Masalan, 2018 yil may oyida OK mobil o‘yin platformasidagi barcha to‘lovlarning yarmi top-5 o‘yinlaridan tushgan.

2018 yilda to‘lovlarning ko‘payishi, jumladan texnologiyalar rivojlanishi va ijtimoiy tarmoq mobil auditoriyasi o‘sishi tufayli sodir bo‘ldi. Bundan tashqari, tezkor mobil interneti va mobil uskunalarni doimiy takomillashtirish har qanday murakkablikdagi o‘yinlarni to‘g‘ri smartfon brauzerida ishga tushirish imkonini beradi. Natijada oxirgi yil mobaynida OK mobil platformasida ishga tushirilgan o‘yinlar soni ikki barovar – sutkasiga 350 mln.gacha oshdi.

Anton Fedchin, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i rahbari:

Mobil o‘yinlar — bizning o‘yinlar platformamizdagi eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biridir. Bunga mobayl o‘sishi umumiy trendi ham ko‘maklashadi: OK foydalanuvchilarining 74%i ijtimoiy tarmoqqa mobil uskunalari orqali kirishadi. Bundan 8 yil avval dekstop o‘yinlar ijtimoiy tarmoqlarda taxminan shunday rivojlangan edi. O‘sha vaqtda bo‘lgani kabi, hozir OK mobil o‘yinlarida unchalik katta raqobat yo‘q, biroq endi bizda ko‘proq to‘lov qobiliyatiga ega auditoriya va ixtirochilar uchun daromad olish imkoniyatlari mavjud. Hozir biz mobil o‘yinlar ixtirochilarini quvvatlash dasturini OK platformasida bepul ilgari surish bilan birgalikda ishga tushiryapmiz. Yaqin orada ijtimoiy tarmoqdagi HTML5 bazasida juda ko‘p ommabop va daromadli mobil o‘yinlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2018 yilda Odnoklassniki mobil o‘yinlar ixtirochilariga 100 mln.rubldan ortiq mablag‘ to‘ladi