Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Nizom bilan rezident jismoniy shaxslarga tijorat bankining maxsus dasturidan foydalangan holda chet el valyutasini sotib olish, sotish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati berilmoqda.
Bunda rezident jismoniy shaxslar maxsus dasturni kompyuter qurilmasiga (shu jumladan, planshet, mobil telefon va boshqa qurilmalar) yuklab oladi hamda undan foydalanadi.
Tijorat bankining maxsus dasturdan foydalangan holda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishlari uchun jismoniy shaxs nomiga bank kartasi va xalqaro to‘lov kartasi ochilgan bo‘lishi lozim.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi