22:38 / 11.07.2018
4 261

Qanday holatlarda sifatsiz internet uchun provayder jarima to‘laydi?

Qanday holatlarda sifatsiz internet uchun provayder jarima to‘laydi?
Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, shu jumladan, Internet xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bu haqda vazirlikning “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Mazkur hujjatga asosan ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarining quyidagi turlari taqdim etilishi mumkin:
— ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanish (turli standartlar bo‘yicha), trafik tranziti, shuningdek, ma’lumotlar uzatishning xalqaro tarmoqlaridan, jumladan, Internetdan foydalanish;
— real vaqtda axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish;
— elektron xabarlar qabul qilish va uzatish (shu jumladan, elektron pochta);
— konfidensial axborotni kriptografik va boshqacha muhofaza qilish;
— kichik (quyi) tarmoq ajratish;
— domen va domen nomlari tizimini ro‘yxatga olish va olib borish;
— IP-adres ajratish va tutib turish;
— IP-telefoniya va IP-televideniye (IPTV);
— xosting xizmatlari.

Qoidalarga asosan, Wi-Fi xizmati tashkilotchisi cheklangan doiradagi foydalanuvchilarga pulsiz yoki pullik asosda Wi-Fi xizmatlari ko‘rsatishi mumkin. Foydalanuvchilarning cheklangan doirasini aniqlash shartlari Wi-Fi xizmati tashkilotchisi tomonidan belgilanadi.

Qoidalarga muvofiq, Wi-Fi xizmati tashkilotchisi operator yoki provayder bilan birgalikda mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni, shuningdek, pornografiyani targ‘ib qilishga qaratilgan axborotning va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan choralarni ko‘rishi lozim.

Iste’molchi ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari buzilganda, shuningdek, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar sifati shartnoma shartlarida belgilanganidan past darajada bo‘lganda quyidagilarni talab qilishga haqli:
— kamchiliklarini bepul bartaraf etish;
— operator yoki provayder bilan kelishuv bo‘yicha ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmati ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yangi muddatni belgilash;
— ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatining narxini qayta hisoblashni talab qilish.

Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan shikastlanishlar shartnomada belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, operator, provayder abonentning talabiga ko‘ra shartnomada belgilangan miqdorda jarima (penya) to‘laydi.

Operator, provayder tomonidan jarima (penya) to‘langanligi ularni shartnoma bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.

Operator, provayder, Wi-Fi xizmati tashkilotchisi o‘z ixtiyorida bo‘lmagan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining resurslari, serverlari va segmentlari mazmuni, ulardan foydalanish imkoniyati va ishlash qobiliyati uchun javobgar bo‘lmaydi.

Quyidagi ma’lumotlar operator yoki provayder tomonidan abonentning so‘roviga muvofiq 24 soat mobaynida hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishi shart:
— ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining ko‘rsatiladigan xizmatlari to‘g‘risidagi;
— ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanish xizmatlariga bo‘lgan tariflar to‘g‘risidagi;
— abonentga uning shaxsiy hisobvarag‘ining holati va ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish haqini to‘lash bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi, jumladan, abonentga ulangan xizmatlar: ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek, limitlangan trafikli tariflardagi trafik qoldig‘i to‘g‘risidagi;
— texnik nosozliklar to‘g‘risidagi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qanday holatlarda sifatsiz internet uchun provayder jarima to‘laydi?