Odnoklassniki OK Live da ko‘rsatuvlarning “jonli” sharhlash rejimini ishga tushirishdi

  • 19-07-2018, 12:13
  • 751
  • Texnologiya
  • Odnoklassniki OK Live da ko‘rsatuvlarning “jonli” sharhlash rejimini ishga tushirishdi
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar mualliflari OK Live mobil striming ilovasida boshqa ko‘rsatuvlarga yangi sharhlash rejimi bilan ulanishlari mumkin. OK ijtimoiy tarmoqlar va striming servislar ichida birinchi bo‘lib to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda sharhlashni ishga tushirdi.

    Endi OK Live ilovasida muzeylar va boshqa qiziqarli joylardan ekskursiyalar olib borish, yirik voqealar ko‘rsatuvlarini sharhlash hamda foydalanuvchilar efiri va guruhlarini o‘z kontenti bilan to‘ldirishi mumkin.

    OK dagi mualliflar ijod uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi, ular o‘z kontentlarini ancha xilma-xil qilishlari, boshqa ko‘rsatuvlarni ko‘rayotib, tomoshabinlar bilan o‘z hislari haqida o‘rtoqlashishlari mumkin. Masalan, strimer o‘z xonadonini tark etmasdan, dunyoning har qanday shahrining diqqatga sazovor joylari bo‘ylab ekskursiya o‘tkazishi mumkin – u shaharga tashrif buyurgan kishining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirini sharhlab turadi. Yoki Tretyakov galereyasida, muzey qoidalarini buzmasdan, bir nechta ming tomorshabinga ekskursovod bo‘lishi mumkin – u odatdagi tashrifchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirini sharhlab turadi.

    To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirni sharhlash uchun OK Live da strimni topish va ekranning yuqori o‘ng qismidagi yangi ikonkani bosib unga ulanish lozim. Shundan keyin strim muallifining tasviri tushgan darcha original ko‘rsatuvga qo‘shiladi, va muallif ekranda bo‘layotgan voqealarni sharhlashi mumkin. Bunday efirni foydalanuvchi profilidan ham, guruh ma’muriyatidan ham yaratish mumkin.

    Ilovada ovozlarni mikshirlash noyob texnologiyasi ishlatiladi, u avtomatik ravishda ko‘rsatuvlar ovozini moslaydi va kommentator ovozini birinchi planga chiqaradi.

    Oxirgi yilda OK dagi ko‘rsatuvlarning ommalashuvi uch marta ortdi: har oyda ijtimoiy tarmoqdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar 2 mlrd.dan ortiq ko‘rishlarga ega bo‘lmoqda. OK Live ilovasi AppStore va Google Play da 3 mln.dan ortiq o‘rnatishlar oldi, uning kunduzgi auditoriyasi esa 2017 yilda ikki barovar o‘sdi.

    » » Odnoklassniki OK Live da ko‘rsatuvlarning “jonli” sharhlash rejimini ishga tushirishdi