Apple kompaniyasi 2017 yil sentyabrda bir vaqtda uchta turli qurilmani quvvatlovchi simsiz quvvatlagich Apple’ni taqdim qilgandi. Bu gadjet 2018 yilning 1-yarmida sotuvga chiqishi kerak edi, biroq hanuzgacha bu qurilmani do‘konlarda uchratib bo‘lmayapti.
22 iyulda esa Samsung bir vaqtda ikkita smartfonni quvvatlovchi simsiz quvvatlagichni yaratgani ma’lum bo‘ldi.
Insayder Roland Kvandat Samsung Wireless Charger Duo deb nomlangan ushbu qurilmaning qutisi suratini internetda joylashtirdi. Qutining yon tomonida qurilma bir vaqtning o‘zida ikkita smartfonni yoki bir smartfon va bir smart-soatni quvvatlay olishini ko‘rish mumkin.
Ushbu qurilmaning negizida Qi texnologiyasi yotadi. Qurilma 2019 yil 9 avgustda Galaxy Note 9 smartfoni va Galaxy Watch smart-soati taqdimotida rasman taqdim qilinishi ehtimol qilinmoqda.
Qurilma quvvatlashni magnit induktivlik hisobiga ishlovchi Qi texnologiyasi yordamida amalga oshiradi. Qurilma nafaqat Samsung telefonlari, balki boshqa kompaniyalar telefonlari bilan ishlay oladi. Buning uchun gadjet Qi texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi lozim. Qurilmaning AQShdagi narxi 75 dollar atrofida bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring