«Apple» korporatsiyasining barcha mahsulotlari qatori, smartfonlari ham anchagina puxta, ammo baribir ularning orasida ham nuqsonlilari uchrab turadi. Shu kabi qurilmalarni qaytarib olgan korporatsiya odatda ularni qayta tiklab, yana bozorga chiqaradi.
Xo‘sh, yangi deb sotilayotgan ayfonning haqiqatan ham yap-yangi yoki qayta tiklangan smartfon ekanini aniqlashni bilasizmi? «Terabayt» nashri buning eng oson yo‘lini tavsiya qildi.
1-QADAM. Ayfondagi «Sozlamalar» menyusidagi «Asosiylari»ga, undan esa «Bu qurilma haqida» bandiga kirasiz («Nastroyki» → «Osnovnыe» → «Ob etom ustroystve»).
2-QADAM. Sahifaning pastrog‘iga – «Model» bandiga tushasiz va undagi model raqamini ko‘rasiz.
3-QADAM. Ayni shu yerda – model raqamidagi birinchi harfga e’tibor qaratasiz. Bu harf mazkur «iPhone»ning quyidagilardan qay biriga mansubligini ifodalaydi:
M – yap-yangi «iPhone».
F – qayta tiklangan ayfon.
N – ishlab chiqarishdagi nuqson tufayli «Apple»ga qaytarilib, sozlab qaytadan chiqarilgan «iPhone». Bu toifa ham rasman qayta tiklangan ayfon hisoblanadi.
P – «Apple» tomonidan maxsus, takrorlanmas gravirovka tushirilgan «iPhone».
Ta’kidlash kerakki, model raqami – hech qanaqasiga o‘zgartirib bo‘lmaydigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bois ham, o‘zingiz ishlatayotgan yoki endi xarid qilmoqchi bo‘lgan «iPhone»ning yuqoridagi toifalardan qay biriga mansubligini, albatta shu usulda tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi