“Xiaomi” kompaniyasi hozir bor e’tiborini yangi “Poco” brendiga qaratgan. Brendning “birinchi raqamli” “POCOPHONE F1” smartfoni “Snapdragon 845” protsessorida ishlaydi.
Aytishlaricha, bu kompaniyaning flagman protsessor o‘rnatilgan eng arzon smartfoni bo‘ladi va uch kundan keyin Hindistonda sotuvga chiqariladi.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, endi global bozor uchun “Xiaomi” brendi ostida smartfonlar chiqmaydi, buning o‘rniga “Poco”ni ko‘ramiz. “Financial Express” ma’lumotiga ko‘ra, “Xiaomi” brendi ostida smartfonlar faqat Xitoy ichki bozori uchun chiqadi. Bir hisobda to‘g‘ri qaror, chunki hanuzgacha bu nom qanday talaffuz qilinishini hech kim bilmaydi: Xitoyning o‘zida ham ayrim joylarda “Syaomi”, yana boshqa joylarida “Shaomi” (juda yumshoq “sh”) deyisharkan. Birinchi harfining o‘zi gangitib qo‘ygani uchun biz bu telefonni ko‘pincha “redmi” deymiz…
Yangi brend haqidagi barcha tafsilotlar 22 avgust kuni “POCOPHONE F1” taqdimotida ma’lum bo‘ladi.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi