19:30 / 20.08.2018
4 409

O‘zbekistonda robot-politsiyachilar paydo bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda robot-politsiyachilar paydo bo‘lishi mumkin
Rossiyaning Promobot servis robotlari ishlab chiqaruvchisi robot-politsiyachini yaratdi, u 2019-2020 yillarda Osiyoda, shu jumladan, O‘zbekiston va Janubiy Koreyada xizmatga qabul qilinishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti kompaniyaning rivojlantirish bo‘yicha direktori Oleg Kivokursevga asosan xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilning iyul oyida robot-politsiyachi Qozog‘iston ichki ishlar departamentiga xizmatga kirgan. “Biz ushbu loyihani boshqa mamlakatlarga ham kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. O‘zbekiston va Yaqin Sharqdan bir nechta murojaatlar bor, ehtimol, robot-politsiyachilar Osiyoda ham paydo bo‘lar, sababi Janubiy Koreyada bunday talab mavjud”, - deya xabar berdi u.

Kivokursevning fikricha, ushbu loyiha XXR uchun ham qiziqarli bo‘lishi mumkin. “Bizning fikrcha, xitoyliklarda bunga qiziqish paydo bo‘ladi, ularning katta kuzatuv dasturi, tartibbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha politsiya ishining katta dasturi bor. Robot ushbu jarayonning to‘liq tarkibiy qismiga aylanishi va Xitoydagi nazorat xizmatlarining samaradorligini oshirishga qodir. Biz Xitoy tomoni bilan bunday muzokaralar o‘tkazmagan bo‘lsak ham, Qozog‘istonda sinov loyiha amalga oshirilganidan so‘ng, to‘liq tasavvurga ega bo‘lamiz hamda aniq raqamlar bilan politsiya”, - dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur loyihani Osiyo mamlakatlarida amalga oshirish 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda robot-politsiyachilar paydo bo‘lishi mumkin