11:56 / 22.08.2018
3 658

Facebook foydalanuvchilar ishonchliligini baholash tizimini joriy etdi

Facebook foydalanuvchilar ishonchliligini baholash tizimini joriy etdi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar obro‘sini baholash uchun tizimni joriy qildi, unda ishonchlilik darajasi noldan birga qadar bo‘lgan shkalada aniqlanadi. Bu haqda The Washington Post'ga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, kompaniya ushbu tizimni o‘tgan yildan buyon tayyorlab kelayotgandi.

Yolg‘on axborot tarqatish bilan kurash departamenti rahbari Tessa Lionsning ma’lum qilishicha, shkala soxta yangiliklar bilan kurash doirasida ishlab chiqilgan.

Avvalroq, Amerikaning Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqda ishonchsiz ma’lumot tarqatishga qarshi kurash doirasida Rossiya va Eron bilan aloqador qator sahifalarni o‘chirib yuborgani xabar qilingandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook foydalanuvchilar ishonchliligini baholash tizimini joriy etdi