22:52 / 26.08.2018
7 316

Yaponiya 2020 yildan uchar mashina ishlab chiqaradi

Yaponiya 2020 yildan uchar mashina ishlab chiqaradi
Foto: “sabah.com”
Yaponiyada 2020 yildan uchar mashinalar ishlab chiqarila boshlaydi, deya xabar beradi “Xabar.uz”.

Mahalliy matbuotning yozishicha, Yaponiyada uchar mashina loyihasi doirasida “Uber”, Yaponiya havo yoʻllari, “Airbus”, “Boeing”, “NEC”, “Toyota”, “ANA” va“Yamato” kompaniyalari yoʻl xaritasi tayyorlaydi.

Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi kelasi yili uchar mashinalar uchun akkumulyator, motor va boshqa jihozlarni ishlab chiqarish uchun 40,4 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratadi.

Loyiha doirasida uchar mashinalar 2020 yildan sotuvga chiqariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiya 2020 yildan uchar mashina ishlab chiqaradi