21:01 / 13.09.2018
4 337

Apple kompaniyasi endi iPhone X, SE va 6s smartfonlarni ishlab chiqarmaydi

Apple kompaniyasi endi iPhone X, SE va 6s smartfonlarni ishlab chiqarmaydi
Apple kompaniyasi rasmiy saytdan iPhone X, SE va 6s haqidagi maʼlumotni olib tashladi. Bu esa, smartfonlarni ishlab chiqarish hamda sotish toʻxtatilganini anglatadi.

Kompaniya 12 sentyabr, chorshanba kuni taqdimot oʻtkazib, yangi smartfonlarini koʻrsatdi. Ularning anonsidan keyin saytdan “eskirgan” telefonlar olib tashlandi. Shu tariqa, hozirgi paytda faqat Phone Xs, Xs Max, Xr, 8 va 7ʻni sotib olish mumkin. Kompaniya bu modellar uchun aksessuarlar sotuvini ham toʻxtatdi.

Bundan tashqari, yangi iPhoneʻlan toʻplamida 3,5 millimetrlik jekka Lightningʻga ega boʻlgan oʻtkazgich boʻlmaydi hamda kompaniyaning barcha hozirgi smartfonlari quloqchinlar uchun razyomlar boʻlmaydi.

Yangi iPhone Xs va Xs Max diagonali 5,8 hamda 6,5 dyuym boʻlgan OLED-displeylarga ega. iPhone Xr 6,1-dyuymlik IPS-ekran bilan jihozlandi. Barcha uchta smartfon yangi Apple A12 protsessori bazasida ishlaydi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Apple yangi Apple Watch Series 4ʻni taqdim etgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple kompaniyasi endi iPhone X, SE va 6s smartfonlarni ishlab chiqarmaydi