15:31 / 15.09.2018
5 493

Navoiyda 9-sinf oʻquvchisi “Mobil muzlatkich” yasadi

Navoiyda 9-sinf oʻquvchisi “Mobil muzlatkich” yasadi
Navoiy viloyatida 9-sinf oʻquvchisi Xumoyun Haydarov qoʻlda koʻtarib yuriladigan “xolodilnik”, yaʼni “Mobil muzlatkich” yasadi. Ixtiro muallifining aytishicha, u asosan tibbiyotda aʼzolarni koʻchirishda ishlatishga moʻljallangan. Bu xaqda Turon24 xabar bermoqda.

2002 yilda Navoiy shahrida tavallud topgan H.Haydarov ayni paytda viloyatdagi yosh olimlar klubi sardori. U joriy yilning 17 yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Politexnika muzeyi hamda “Uzavtosanoat” AJ tomonidan tashkil etilgan “Yosh ixtirochilar” tanlovida qatnashgan edi. Unda qish kunlari ham ishlatilib, uyga gaz chiqqanda xabar beradigan “Aqlli ventilyator” ixtirosi bilan “Eng yaxshi muhandislik ishi” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.

Yosh ixtirochi 16-18 avgust kunlari Meksika davlatida oʻtkazilgan “First Global Challange” xalqaro robototexnika olimpiadasida ham ishtirok etib, Markaziy Osiyo ixtirochilari oʻrtasida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Navoiyda 9-sinf oʻquvchisi “Mobil muzlatkich” yasadi