00:10 / 20.09.2018
6 141

Oktyabrdan internet ishlamay qolishi haqidagi gap-soʻzlar qanchalik toʻgʻri?

Oktyabrdan internet ishlamay qolishi haqidagi gap-soʻzlar qanchalik toʻgʻri?
ICANN korporatsiyasi internet domen nomlarini himoya qiladigan kriptografik kalitlarni almashtirishga tayyorlanmoqda. Bu nima degani va uning oddiy foydalanuvchilarga taʼsiri bormi?

Nima boʻladi?

Kritopgrafik kalitlarni yangilash 2018 yilning 11 oktyabriga belgilangan.

Bu ishni domen nomlari va IP-manzillarni boshqaruvchi Amerikaning ICANN korporatsiyasi amalga oshiradi. Kompaniya agarda provayderlar yangilanishlarga oldindan tayyorgarlik koʻrmasa internet tezligining pasayishi va saytlarga kirish imkoniyati yoʻqolishi haqida ogohlantirgan. Shu sababli hozirda butun dunyodagi foydalanuvchilar internet uzilishlar bilan ishlashidan tashvishlanmoqda.

Kriptografik kalitlar nima?

Bu internet domen nomlarini (DNS) himoya qilish tizimi.

“Har safar biror saytni ochganimizda internet-provayderimiz butunjahon DNS maʼlumotlar bazasiga murojaat qiladi. Uni ulkan telefon kitobiga qiyoslash mumkin. Provayder oʻsha yerdan manzilni oladi va bizga uzatadi. Hammasi avtomatik ravishda va foydalanuvchiga sezilmaydigan tezlikda boʻladi, — deydi Rossiya internet tarmogʻi milliy domen koordinatsion markazi Mixail Anisimov. — Provayder biz uchun oladigan javoblar kriptografik kalitlar bilan imzolangan: ular ikkita boʻlib, parol vazifasini bajaradi. Bu kalitlar DNS tizimi ishonchliligi va butunligini taʼminlaydi".

Kalitlar nima uchun almashtiriladi?

Oddiy foydalanuvchilarga xavfsizlik maqsadlarida oʻz pochtalari, ijtimoiy tarmoqlardagi parollarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish tavsiya etilgani kabi DNS tizimida ham xavfsizlikni taʼminlash maqsadida kalitlar almashtirib turiladi.

Kalitlar qancha vaqtda almashtiriladi?

Kriptografik kalitlar DNS tizimini himoya qiluvchi vosita sifatida 2010 yilda paydo boʻlgan. Reja boʻyicha kalitlar har besh yilda almashtirilishi kerak. ICANN 2016 yilda kalitlar almashtirilishini eʼlon qilgan, ammo provayderlarning tayyorgarligi sust boʻlgani sababli bu muddatni bir necha bor ortga surgandi. Korporatsiyadagilarning hisoblashlaricha, hozirda oʻzgartirish vaqti yetib keldi.

Internetda uzilishlar boʻladimi?

“Bizning hisob-kitobimiz boʻyicha, internet kam miqdordagi foydalanuvchilarda – butun dunyo boʻyicha 0,04%dan koʻp boʻlmagan foydalanuvchilarda ishlamay qolishi mumkin”, — deydi Mixail Anisimov.

ICANN texnik direktori David Konradning soʻzlariga koʻra, dunyoning qayeridadir kalitlar almashishiga tayyor boʻlmagan bir nechta operator boʻlishi mumkin, ammo ular kerakli texnik parametrlarni sozlash orqali muammoni hal qilishlari mumkin. Shunda ularning foydalanuvchilarida DNS bilan aloqa tiklanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Oktyabrdan internet ishlamay qolishi haqidagi gap-soʻzlar qanchalik toʻgʻri?