18:40 / 03.10.2018
5 210

Internet yaratuvchisi uni almashtirishga qaror qildi

Internet yaratuvchisi uni almashtirishga qaror qildi
Zamonaviy Internet yaratuvchisi Timoti Berners-Li oʻzining yangi tarmogʻini yaratish haqida oʻylamoqda, u hozirgi tarmoqni almashtirishi kerak. Bu haqda Business Insiderʻga tayanib “Kun” nashri xabar bermoqda.

Oʻzining blogida ixtirochi Inrupt yangi tuzilmasini taqdim etdi, u Berners-Lining Solid loyihasini ochiq boshlangʻich kodi bilan taʼminlaydi. Mazkur tuzilmalar va Internet oʻrtasidagi asosiy farq - foydalanuvchilar maʼlumotlarni katta IT-kompaniyalarga bermasdan, ularni qayerda saqlashni oʻzlari tanlashi mumkin ekanida.

Internet yaratuvchisining maʼlum qilishicha, tarmoq hozirgi holatida “muhim burilish nuqtasiga yetdi”.

“Tarmoq adolatsizlik va boʻlinish vositasiga aylandi; u uni oʻz maqsadlari uchun ishlatayotgan qudratli kuchlar tomonidan boshqarilmoqda”, - deya taʼkidlab oʻtdi Berners-Li.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Internet yaratuvchisi uni almashtirishga qaror qildi