23:13 / 06.10.2018
4 750

WhatsAppʻda uzoq kutilgan va foydali funksiya paydo boʻldi (foto)

WhatsAppʻda uzoq kutilgan va foydali funksiya paydo boʻldi (foto)
WhatsAppʻning yangi beta-versiyasida videoni “surat ichida surat” rejimida koʻrish funksiyasi ishga tushdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Portalning yozishicha, endi videorolikni WhatsApp oynasining istalgan burchagiga surib qoʻyib bir vaqtning oʻzida yozishmani davom ettirish va videoni tomosha qilish mumkin.

Hozirda ushbu rejim YouTube, Facebook, Instagram va Streamableʻdagi videolar uchun ishlaydi. Twitterʻda joylashtirilgan rolikni ekran boʻylab surishning imkoni yoʻq.

Avvalroq ushbu rejim iOS operatsion tizimidagi smartfonlar uchun ishga tushirilgandi. Endilikda bu imkoniyatdan Android smartfonlar egalari ham foydalanishlari mumkin boʻldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » WhatsAppʻda uzoq kutilgan va foydali funksiya paydo boʻldi (foto)