Amerikaning «Ford» kompaniyasi avtomobillar o‘rtasida elektron aloqani ta’minlovchi texnologiya ishlab chiqdi, bu chorrahalarni xavfsiz kesib o‘tishda qo‘l keladi, hatto kelgusida svetoforlar o‘rnini egallashi ham mumkin, deb yozmoqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib "Xabar" nashri.
Yangi ishlanma barcha transport vositalarini bog‘lovchi elektron kommunikatsiya tizimi hisoblanadi, chorrahalarni xavfsiz kesib o‘tish, yo‘llarda avtomobillar tiqini hosil bo‘lishining oldini olishda yordam beradi. Chorrahalarga yaqinlashayotganda tizim yaqin atrofdagi mashinalarning harakatlanish trayektoriyasi haqida ma’lumot to‘playdi va harakatlanish tezligining eng optimal variantini hisoblab beradi.
Xabar qilishlaricha, tizim ayni paytda Buyuk Britaniyaning janubi-sharqidagi Milton-Kins shahrida sinovdan o‘tmoqda.
Yaponiyaning «Honda» kompaniyasi avtomobil haydovchilari uchun «aqlli chorraha» tizimini sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi