“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK URALHELICOM kompaniyasi direktori Aleksey Mixaylov bilan zamonaviy vertolyotlarni sotib olish masalasini muhokama qildi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar Robinson Helicopter Company (AQSH) va Airbus Helicopters (Fransiya, Germaniya) ishlab chiqaruvchilarining yoʻlovchi vertolyotlarini yetkazib berish sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
A.Mixaylovning aytishicha, uning kompaniyasi yoʻlovchi tashuvchi, sanaviatsiya, qidiruv-qutqaruv, hududlarni patrul qilish, havo ekskursiyasi uchun vertolyotlarni sotib olishni tashkil etish, ularni yetkazib berish, foydalanishda texnik koʻmak berish hamda servis xizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanadi.
“Yuqorida nomi aytib oʻtilgan ishlab chiqaruvchilarning koʻp maqsadli yengil vertolyotlari dunyoda eng mashhurlari boʻlib, oʻzining ishonchliligi va qulayligi sharofati bilan sotilishi boʻyicha ham yetakchidir. Milliy aviakompaniya rahbariyati kompaniya taklifiga qiziqish bildirib, uni koʻrib chiqishga tayyor ekanligini aytdi”, - deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, URALHELICOM(“Ural vertolyot kompaniyasi”) Amerikaning Robinson Helicopter Company hamda Airbus Helicopters (Eurocopter) kompaniyalarining Rossiyadagi rasmiy dileri hamda distribyuteri hisoblanadi.
Mazkur kompaniya AQSH va Yevropadan Rossiya hamda MDHga aʼzo boshqa davlatlar hududlarida xorij vertolyotlarini sotib olish, foydalanish boʻyicha kompleks xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai