18:00 / 19.10.2018
3 077

Plastik kartalardagi maʼlumotlarni yangi dasturiy taʼminot himoya qiladi

Plastik kartalardagi maʼlumotlarni yangi dasturiy taʼminot himoya qiladi
Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM) Litvaning ASHBURN International kompaniyasi ishlab chiqqan TransLink.iQ dasturiy taʼminotini joriy etadi. YAUPM saytida eʼlon qilingan axborotga koʻra, bu tashkilotlar oʻrtasida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
TransLink.iQ dasturiy yechimi quyidagi imkoniyatlarni beradi:

POS terminallari tarmogʻini boshqarish;

POS terminallarida bank kartochkalari yordamida toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish;

kartochkadagi operatsiyalarni bank-ekvayerga xavfsiz va tezkor uzatish;

tashqi tizimlar bilan integratsiyalanish;

POS terminali dasturiy taʼminotini masofadan turib yangilash;

POS terminallari funksionalini masofadan turib kengaytirish va oʻzgartirish;

POS terminallari tarmogʻi ishini monitoring qilish;

hisobotlar tuzish imkoniyati.

Ushbu dasturiy yechimning joriy etilishi kartalar egalari va saqlovchilarining shaxsiy maʼlumotlari himoyalanishi darajasini oshirish imkonini beradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Plastik kartalardagi maʼlumotlarni yangi dasturiy taʼminot himoya qiladi