18:36 / 18.10.2018
3 222

O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda raqamli kommunikatsiyalarni rivojlantiradi

O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda raqamli kommunikatsiyalarni rivojlantiradi
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tomonidan Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forum doirasidagi yig‘ilishlar sho‘’balarga bo‘lingan holda davom etmoqda.

Mazkur forumning 2-sho‘’ba yig‘ilishi “Raqamli transformatsiya – O‘zbekiston va Rossiya uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Unda har ikki mamlakatning axborot va kommunikatsiya sohalari vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, davlat boshqaruv tizimini raqamlashtirish singari masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.

— Bugungi kunda axborot kommunikatsiyalari tobora rivojlanib bormoqda, – deydi “Roskosmos” Davlat korporatsiyasining Qozog‘istondagi vakili Anatoliy Krasnikov. – Ma’lumki, Rossiya kosmik texnologiyalarni yaratish, ishlab chiqarishda katta tajribaga ega. Bu borada O‘zbekiston bilan hamkorlik rivojlanayotgani quvonarli hol. Jumladan, O‘zbekiston uchun Rossiya va Qozog‘iston hamkorligida faoliyat ko‘rsatayotgan kosmikstansiyalar xizmatidan foydalanish imkoni mavjud. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston uchun axborot xavfsizligini ta’minlash, internet tezligini oshirish, teleeshittirishlar sifatini yanada yaxshilashda katta ahamiyatga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda raqamli kommunikatsiyalarni rivojlantiradi