23:53 / 21.10.2018
3 592

O‘tgan yili bankrot bo‘lgan Vertu hashamatli Aster P smartfoni bilan qaytdi (foto)

O‘tgan yili bankrot bo‘lgan Vertu hashamatli Aster P smartfoni bilan qaytdi (foto)
Vertu savdo belgisining yangi egasi yangi mahsulotni taqdim etdi. Texnik imkoniyatlari bo‘yicha yangi smartfonni flagmanlar emas, o‘rtacha darajadagi qurilmalar qatoriga qo‘shish mumkin. Shunga qaramay u qimmatbaho materiallardan tayyorlangan, xususan, romi titandan, orqa panelida haqiqiy charmdan foydalanilgan.

Qurilma an’anaviy tarzda Buyuk Britaniyada qo‘lda terilgan. Xitoyning JD.com onlayn-do‘konida yangi Vertu Aster P smartfoni bezaklanishidan kelib chiqib 5 ming dollardan 14 ming dollargacha bo‘lgan narxda sotib olish mumkin.

Vertu Aster P smartfoni diagonali 4,9 dyuymli FULL HD (1920×1080) AMOLED-displey, 12 megapikselli asosiy va 20 megapikselli frontal (selfi) kamera, quvvati 3200 mAs bo‘lgan akkumlyator bilan ta’minlangan. Unga Qualcomm Snapdragon 660 protsessori o‘rnatilgan, operativ xotirasi 6 gigabayt, tashqi xotirasi 128 gigabaytga teng.

Qurilma qo‘shpolosali Wi-Fi, Bluetooth 5.0, NFC texnologiyalari va ikkita SIM-kartada ishlash imkoniyatiga ega. SIM-karta slotlari qanotli qopqoqlar bilan yopilgan bo‘lib, ularning orqa tomoniga qurilmani yiqqan kishining imzosi o‘yib tushirilgan.

Britaniyaning Vertu kompaniyasi dastlab "Nokia"ning sho‘’basi sifatida tashkil etilgan va qo‘lda terilgan lyuks telefonlar ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan. So‘nggi yillarda kompaniyaning ahvoli yomonlashdi, bir necha bor egasi o‘zgardi. 2017 yili Britaniyadagi ishlab chiqarish quvvatlari bankrot bo‘lgani e’lon qilindi.

Hozirgi vaqtda Vertu savdo belgisiga Turkiyaning Baferton kompaniyasi egalik qilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘tgan yili bankrot bo‘lgan Vertu hashamatli Aster P smartfoni bilan qaytdi (foto)