23:50 / 18.10.2018
2 623

Ishonchli parol qanday yaratiladi, yana uni eslab qolish ham kerak

Ishonchli parol qanday yaratiladi, yana uni eslab qolish ham kerak
Reper Kanye Uest AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashganida smartfonining parolini bildirib qoʻydi. Xonandaning fantaziyasiga “qoyil” qolmasdan iloj yoʻq, arang “000000”ga yetibdi. Har qanday sodda kombinatsiya qonunbuzarlarga shaxsiy maʼlumotlaringizni qoʻlga kiritish uchun osongina yoʻl ochib beradi: foto, yozishmalar, bank hisobi. Quyida reper Kanye Uestga oʻxshamaslik qanchalik muhim ekanini hamda har tomonlama mukammal parolni qanday yaratish kerakligini tushuntirishga harakat qilamiz.

Nega yengilgina parolimni almashtirishim kerak?

Chunki bir kun kelib, gadjetingiz yoʻlida xaker paydo boʻladi. U dastur va oddiy saralash yordamida sizning “dohiylarcha” oʻylab topgan QWERTY yoki “000000” (yana 123456789 va boshqa axmoqona variatsiyalar) parolni osonlikcha topa oladi. Yaxshiyamki, sizda bular boʻlmasga tushgan rasmlar yoki maʼnisiz dialoglardan boshqa narsa yoʻq.

Agar sizning smartfoningiz paroli 0000 boʻlsa va siz uni yoʻqotib qoʻysangiz yoki transportda unutib qoldirsangiz, istagan odam gadjetingizni ochib, ichidagilarga egalik qila oladi. Sizga shu kerakmi, yaxshi va ishonchli parollarni qoʻysa boʻladi-ku. Qolaversa, yaxshi parolni eslab qolish ham oʻta muhim masala ekanini unutmang?

Mnemonikadan (xotirada tutish texnikasi) foydalaning

Parolni mnemonikali iboralarga aylantiring. Mnemonika – bu har qanday murakkabliklarni osonlikcha eslay oladigan texnikalar majmui.

Porallar generatori sizga 3bOc7lMni berdi. Ushbu kombinatsiyani oʻzimizcha yoyib oʻqiymiz. Masalan, “3 big Owls catched 7 little Mice” (uchta katta boyqush 7 ta kichkina sichqonni tutdi). Agar xohlasangiz teskarisini qiling: jumlalarni oʻylab toping va raqamlang.

Telefonni ochish uchun parol ham mnemonika usulida xotiraga mixlanishi kerak. Deylik, 916145 raqamlarini SSSRning parchalanishi yili deb oʻqish mumkin (1991), Gagarin kosmosga parvoz qilgan yil (1961) va ikkinchi Jahon Urushi (1945). Xotirangizda qolgan sanani qisqartirishga harakat qiling, lekin odatdagi sanani, yaʼni oʻzingizning toʻgʻilgan yilingizni emas. Yaxshisi tarix yoki sport bilan bogʻliq raqamlar boʻlsa yanayam yaxshiroq boʻladi. Masalan, 07072018 – Rossiyaning futbol boʻyicha milliy terma jamoasi jahon chempionatining chorak finalida oʻynagan kun.

Mnemonika qoidasi shakllar uchun ham tanlanadi. Unda barmoq harakati bilan kerakli shakl chiziladi. Parol 324789 bizga baliq qarmogʻining ilmogʻini eslatadi. Oʻzingizning kombinatsiyangizni oʻylab toping.

Odatdagi parolni noodatiy qiling

Agar erinchoqlik qilib eng oson parol yasagan boʻlsangiz ham, uni shunday oʻzgartirish mumkinki, natijada parolni ochish yanada murakkablashadi.

Agar sizga Kanye Uest yoqdimi, uning ismi va familiyasini olingda ularga harf boʻlmagan belgi yoki raqamlarni qoʻshing. Masalan, K6nye~W3$t deb. Endi siz ushbu xonandaning eng ashaddiy muxlisi ekanligingizni hamma bilsa ham, uni topish murakkabroq. Shunday yoʻl bilan hamma narsani qiyinlashtirsa boʻladi. Masalan Semenov familiyasi S[m]n0v poroliga aylanadi, Dmitriy ismi esa Dm1+r1y poroliga.

Uzun jumla oʻylab toping

Agar kiritilgan dollar belgilari va raqamlar sizning miyangizni charchatib yuborgan boʻlsa, faqat harflar bilan masalani hal etishni taklif etamiz. Boshqalarning yetti uxlab tushiga ham kirmaydigan uzun jumla oʻylab toping yoki eslang. Maktab davridagi hazil, sevimli soʻkinish yoki kurakda turmaydigan soʻzlar yigʻindisi, muhimi, jumlalardan toʻqigan parolingizni oʻzingiz ham qattiq eslab qolishingiz kerak.

Usullarning yetishmasligi, yaʼni servislar koʻpincha, parol uzunligini chegaralab qoʻyadi. Shunday ekan, qisqa soʻzlardan foydalaning, masalan, mad duck cut throat va parolni buzib kirishni qiyinlashtirish uchun soʻzlarga belgilarni, raqamlarni, katta va kichkina harflarni qoʻshing.

Parolni qoʻriqlang

Maqul parolni oʻylab topdingizmi, endi asosiy vazifa uni boshqalarga bildirib qoʻymaslik. Parolni toʻgʻri kelgan odamga joʻnatavermang, uni monitorga stikerda yopishtirib saqlamang va telefonga ovoz chiqarib yozib olmang.

Baʼzan odamlar, yaratilgan kodlashtirilgan kombinatsiyalarni qogʻozga yozib olib oʻzlari bilan olib yuradi yoki telefonda saqlaydi.

Bu nodonlik: telefonni yoki hamyonni yoʻqotdingizmi, siz pulingizdan ham foydalana olmay qolasiz, ehtimol tovlamachilikka ham duch kelishingiz mumkin.

Parolni koʻchirayotganda servislardan foydalaning, chunki u xabarni bir koʻrib boʻlganingizdan keyin oʻchirib yuboradi, OneTimeSecret kabi. Agar koʻplab parollarni joriy qilgan boʻlsangiz ishlash uchun maxsus parol menejerlaridan foydalanishni taklif etamiz. Agar kimgadir gadjetingizni bergan boʻlsangiz va u hamma yoqni titib chiqqan boʻlsa, yaxshisi, parolni yangisiga almashtiring.

Parollar menejeridan foydalaning

Bunday servislar sizning hamma parollaringizni saqlaydi. Menejerlar kompyuterlarda ham, smartfonlarda ham ishlaydi. Bepul versiyasi ham, pullik versiyasi ham bor, ularning oʻrtasida katta farq yoʻq. Muhimi, barcha parolingizni bir joyga yigʻib himoya qilsa boʻldi.

Tabiiyki, parollar menejeriga ham alohida oʻzi uchun parol kerak boʻladi. Lekin u bitta boʻladi. Shuning uchun yuqoridagi maslahatlarga quloq solib, qulay va ishonchli parol oʻylab toping.

Qoʻshimcha himoya funksiyasi ham bor

Parol bu parol, lekin uni aylanib oʻtadigan tirqishlarni ham esdan chiqarmaslik zarur. Sizning pochtangizga goʻyo parolni esdan chiqarib qoʻyganini aytib, shaxsiy savollar yordamida uni tiklamoqchi boʻlishi mumkin. Oʻzingizning xavfsizligingizni saqlash uchun, boshqalar bilmaydigan oʻta shaxsiy maʼlumotni tanlang yoki shunday qilingki, buzib kiruvchi mantiqiy jumboq bilan yuzma-yuz turib qolsin. Masalan “Onangning qizlik familiyasini ayt” desa: “Distillyator” deb javob bering. Faqat bir muammoni esdan chiqarmaslik lozim, ushbu ayyorlikni oʻzingiz esdan chiqarib qoʻymasangiz boʻldi, yaʼni oʻylab topgan parolingizni esdan chiqarib qoʻysangiz oʻzingizga ham qiyin boʻladi.

Qoʻygan qopqoningizga oʻzingiz tushib qolmaslik uchun, servisning oʻzida oʻylab topgan mudofaa vositalaridan foydalaning, bu pochtami, ijtimoiy tarmoqmi, musiqali saytmi farqi yoʻq. Birinchi qiladigan ishingiz, mobil telefoningiz orqali qoʻsh autentifikatsiyani toʻgʻrilab qoʻying. Bu siz oʻylagandek, koʻp ovoragarchilik tugʻdirmaydi, ammo kimdir sizning parolingizga teginishga harakat qilgan boʻlsa, har doim bu haqda bilib turasiz.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ishonchli parol qanday yaratiladi, yana uni eslab qolish ham kerak