21:18 / 29.10.2018
3 816

Koreya kompaniyasi bilan hamkorlikda metanoldan benzin ishlab chiqaruvchi zavod ochiladi

Koreya kompaniyasi bilan hamkorlikda metanoldan benzin ishlab chiqaruvchi zavod ochiladi
Janubiy Koreyaning "GS Engineering & Construction Corporation(GS)" kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda metanoldan benzin ishlab chiqaruvchi zavod faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

200 mln AQSh dollari qiymatiga ega mazkur zavod 2022 yilda ishga tushishi kutilmoqda. Bu loyiha kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha prezident qaroriga kiritilgan.

Zavod qurilishi "Navoiyazot" AJ hududida amalga oshiriladi. Rejaga muvofiq, zavod bir yilda 104,3 ming tonna benzin va 14,4 ming tonna propan-butan qorishmasini ishlab chiqaradi.

Dekabr oyida "GS", "O‘zkimyosanoat" va "Navoiyazot" qo‘shma korxonani yaratadi. Koreya kompaniyasining korxonadagi ulushi 51 foizni tashkil qiladi.

Qolaversa, 2018-2030 yillarda O‘zbekiston kimyo sanoati eksportini to‘rt barobarga oshirish rejalanmoqda.

Qarorda, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali 4,8 mlrd AQSh dollariga teng miqdorda 29 ta investitsion loyihani amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Metanol – eng oddiy bir atomli spirt, rangsiz zaharli suyuqlik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Koreya kompaniyasi bilan hamkorlikda metanoldan benzin ishlab chiqaruvchi zavod ochiladi