Foto: «Twitter»
«Twitter» mikrobloglar servisi ma’muriyati «Layk» tugmasini olib tashlamoqchi deb yozadi «The Telegraph» nashriga tayanib "Xabar.uz".
Nashrning yozishicha, o‘tgan haftada «Twitter» asoschisi Jek Dorsi tadbirlarning birida servisdagi yurakcha shaklidagi tugma o‘ziga yoqmasligini bildirgan va yaqin vaqt ichida undan voz kechilishi mumkin.
«Twitter» rasmiy blogi nashrga tezda javob qaytardi. Aytilishicha, «servisda foydalanuvchilarni sog‘lom suhbatga tortish uchun barcha narsa qayta ko‘rib chiqiladi, jumladan, «Layk» tugmasi ham. Biroq bu ish hali boshlang‘ich bosqichda, shuning uchun ham kompaniya hozircha ma’lumot bera olmaydi».
Eslatib o‘tamiz, «Layk» tugmasi «Twitter»da 2015 yili joriy etilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga o‘zlariga yoqqan tvitlarni qo‘shish vazifasini bajaruvchi «Tanlanganlar» funksiyasining o‘rnini egallagandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»