07:53 / 01.11.2018
3 432

Jahondagi ilk egiluvchan ekranli yig‘iluvchi smartfon 1 noyabrdan sotuvga chiqadi

Jahondagi ilk egiluvchan ekranli yig‘iluvchi smartfon 1 noyabrdan sotuvga chiqadi
Xitoyning "Rouyu Technology" kompaniyasi jahondagi ilk egiluvchan ekranli yig‘iluvchi smartfon — FlexiPai’ning taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda "Turon24" AA xabar bermoqda.

Shuningdek, bu hali rasmiy taqdimoti o‘tkazilmagan Snapdragon 8150 top protsessorida ishlaydigan ham ilk qurilmadir (avvalroq bu protsessor Snapdragon 855 nomi bilan tanilgan edi).

FlexiPai 7,8 dyuymli displey, 16+20 megapikselli qo‘shkameraga ega. Smartfonning qalinligi 7,6 millimetr. U uch xil — operativ xotirasi 6, doimiy xotirasi 128 gigabayt bo‘lgan (6+128) versiyada, 8+256 gigabaytli versiyada va 8+512 gigabaytli versiyada sotuvga chiqariladi.

Qurilmaga tezkor quvvatlanishning Ro-Charge texnologiyasi tatbiq etilgan. Bu texnologiya smartfon akkumlyatoriga bir soat ichida 80 foiz zaryad to‘plash imkonini beradi.

Bunday innovatsion gadjetning 6+128 gigabaytli versiyasi 1290 dollardan, 8+256 gigabaytli versiyasi 1434 dollardan, 8+256 gigabaytli versiyasi esa 1864 dollardan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Sotuvlar 1 noyabrdan Xitoyda boshlanadi. Smartfon hozircha cheklangan miqdorda savdoga chiqariladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jahondagi ilk egiluvchan ekranli yig‘iluvchi smartfon 1 noyabrdan sotuvga chiqadi