Hozirda BlackBerry smartfonlari bilan shug‘ullanayotgan Xitoyning TCL Communication kompaniyasi yangi BlackBerry KEY2 LE smartfoni uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Bu iyun oyida namoyish etilgan BlackBerry KEY2 smartfonining soddalashtirilgan va arzonroq versiyasidir.
Android 8.1 Oreo operatsiyasi tizimi ostida ishlaydigan BlackBerry KEY2 LE smartfonining bir SIM-kartali, xotirasi 32 gigabaytga teng bo‘lgan versiyasi 399 yevrodan taklif qilinmoqda. Ikki SIM-kartali 64 gigabaytlik versiyasi narxi 429 dollar.
BlackBerry KEY2 LE smartfoni QWERTY-klaviaturasi qurilmaning o‘ziga o‘rnatilgan form-faktor monoblok ko‘rinishida chiqarilgan. Orqa panelida qo‘shkamera mavjud, barmoq izi skaneri esa space (probel) tugmasiga integratsiya qilingan.
Smartfonga tasvir aniqligi 1620x1080 piksel bo‘lgan 4,5 dyuymlik sensor displey, 13+5 megapiksellik asosiy kamera va 8 megapiksellik frontal kamera o‘rnatilgan.
Qurilma Qualcomm Spandragon 636 protsessorida ishlaydi, operativ xotirasi 4 gigabayt va flesh-xotirasi 32 yoki 64 gigabayt bo‘lib farqlanadi. Akkumulyatori sig‘imi 3000 mAs. O‘lchamlari 150,25 x 71,8 x 8,35 mm, og‘irligi — 156 gr.
Qurilma ikkita SIM-kartani (qimmatroq versiyasi), 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 5 LE, GPS, NFC texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, FM-radiosi, USB Type-C porti va quloqchin uchun 3,5 millimetrlik tuynugi bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi