Xitoyda dunyodagi ilk "bukiluvchan smartfon" taqdim qilindi (foto)

  • 4-11-2018, 12:20
  • 823
  • Texnologiya
  • Xitoyda dunyodagi ilk "bukiluvchan smartfon" taqdim qilindi (foto)
    Pekindagi anjumanda Rouyu Technology kompaniyasi dunyodagi ilk bukiluvchan smartfon FlexPai’ni taqdim qildi.

    Gadjet 8-seriyadagi Qualcomm Snapdragon protsessorida ishlaydi hamda 7,8 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan.

    Qurilmani yaratish vaqtida uning displeyi jiddiy sinovlardan o‘tkazilgan. Smartfon umumiy hisobda bukish, burash, cho‘zish va yuqoridan tashlanishga 200 mingdan ko‘proq sinovdan o‘tgan.

    Qurilma Android operatsion tizimi ostida ishlaydi. Smartfon Xitoy bozoriga chiqarilib, narxi 1291 dollarni tashkil qiladi. Uning qolgan davlatlarda sotuvga chiqarilishi borasida hozircha ma’lumot yo‘q.

    Foto: royole.com

    Foto: royole.com

    Foto: royole.com

    » » Xitoyda dunyodagi ilk "bukiluvchan smartfon" taqdim qilindi (foto)