07:02 / 06.11.2018
3 426

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-11/1541444535_large__104148995_orion-esm-fm1-delivery-copyrightairbus.jpg[/img] "Orion" kapsulasi – astronavtlarni Oyga va Marsga olib chiquvchi AQShning rivojlangan keyingi avlod vositasi – qurilishi [url=htt

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-11/1541444535_large__104148995_orion-esm-fm1-delivery-copyrightairbus.jpg[/img] "Orion" kapsulasi – astronavtlarni Oyga va Marsga olib chiquvchi AQShning rivojlangan keyingi avlod vositasi – qurilishi [url=htt
"Orion" kapsulasi – astronavtlarni Oyga va Marsga olib chiquvchi AQShning rivojlangan keyingi avlod vositasi – qurilishi yakunlandi.

Yevropa sanoati oxir-oqibat odamlar Quyosh sistemasiga yanada kengroq chiqishi mumkin bo‘lgan kosmik kema infratuzilmasining asosiy qismini topshirdi. Germaniyaning Bremen aeroportida bo‘lib o‘tgan marosimda amerikalik amaldorlar "Orion" kapsulasini quvvatlaydigan birinchi xizmat modulini qabul qilishdi.

Transatlantik kosmik kemaning birinchi parvozi 2020 yilga rejalashtirilgan. Unda "Exploration Mission-1" (EM-1) deb nomlangan kosmik kemaning namoyishi bo‘lib o‘tadi. Astronavtlar bir necha yillardan so‘ng ikkinchi marta parvoz qilishi kutilmoqda. Marosim AQSh-Yevropa hamkorligidagi muhim bosqich bo‘ldi. Birinchi marta Amerika insoniyat kosmik parvozi qurilmasining muhim qismi uchun Yerdan tashqaridagi quruqlikka chiqdi.

Yevropa xizmat ko‘rsatish moduli (YeXKM) ("Europe Service Module", ESM) aslida "Orion"ning orqa qismi hisoblanadi. U kuchlanishni, elektr ta’minotini, issiqlik nazoratini, barcha gazlarni va kapsula ichidagi odamlarni saqlab qolish uchun suvga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlaydi. To‘liq o‘rnatilgan YeXKM 13 tonnani tashkil etadi. Uning ko‘p qismini modulning asosiy mexanizmi va 32 ta kichik o‘lchagichlarini boshqaruvchi yonilg‘i tashkil etadi.

Bremen Yevropa aviakosmik kompaniyasi uchun katta ishlab chiqarish muhitini yaratuvchi makon hisoblanadi.

Kompaniya oxirgi to‘rt yil davomida Yevropa kosmik agentligi bilan shartnoma asosida YeXKM qurilishini boshladi. Germaniya aeroportida amerikalik hamkorlarga qurilmani rasmiy ravishda topshirdi. Dushanba kuni u "NASA"ning Floridadagi Kennedi kosmik markaziga yuk tashuvchi samolyotda jo‘natiladi. U yerda xizmat moduli va "Orion" adapter tizimi orqali bog‘lanadi.

Keyinchalik keng ko‘lamli testlar ham rejalashtirilgan. Jumladan, kosmik muhit simulyatorida 2020 yilgi vazifa bir necha oyni o‘z ichiga oladi. 2022 yilga mo‘ljallangan ushbu parvoz Oy sirtidan 64000 km masofada turib, ularning EM-2 bo‘yicha astronavtlarga yordam berishga tayyorligini namoyish qiladi.

“Biz yirik, yangi tadqiqot tizimini qurmoqdamiz, – deydi "NASA"dagi "Orion" dasturi boshqaruvchisi Mark Kirsasich. – Bizning yangi raketa "Space Launch System" deb nomlanadi. Bu odamlar hali hech qachon qurmagan eng katta raketa bo‘ladi. "Orion"dan ham. Ushbu elementlar avvalgilariga nisbatan odamlarni kosmosga ko‘proq jalb qilish uchun mo‘ljallangan va ESM xizmat ko‘rsatish moduli uning quvvat manbai hisoblanadi. "Orion" usiz hech qayerga jilolmaydi”.

“Airbus" guruhi ushbu kosmik kemani birgalikda joylashtirishda va bu katta muvaffaqiyatga erishishda qattiq mehnat qildi”, – ko‘shimcha qildi u.

Kelajakda kelishuv "Lunar Gateway" deb nomlangan loyiha bilan yana davom ettirilishi mumkin. Bu Oyning atrofida ishlaydigan kosmik stansiyaning bir turi sifatida nazarda tutilgan.

“Biz chindan ham yanada ko‘proq xizmat ko‘rsatish modellarini qurish umididamiz, – deydi ESA("European Space Agency")ning robotlar va odamlar kosmik parvozi rahbari David Parker. – NASA bir yil izlandi. Bu ajoyib bo‘ladi va Oyni o‘rganish uchun bizga asosiy ma’lumotlar eshigi ochilishiga hissa qo‘shadi. Bu kelgusi 10 yil uchun ajoyib kelajak”.

"Airbus" kompaniyasining orbitaga xizmat ko‘rsatish va tadqiqot xizmati rahbari Olibard Yukonhofel xizmat ko‘rsatish modulini yetkazib berishga tayyor bo‘lganlarning barchasiga hurmat bajo keltirdi.

“Integratsiya asosidan "ESM-1"ni olib tashlashni va transport konteyneriga ko‘chirishni ko‘rib chiqish – so‘nggi oylarda uch smenada ishlagan barcha guruhlar uchun juda qoniqarli edi, – dedi u. – Ular juda qattiq mehnat qildi va bu chindan ham katta narsa, faqatgina "Airbus" uchungina emas, balki NASA, ESA va hamkorlarimiz uchun ham. Bu juda katta oila".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » [img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-11/1541444535_large__104148995_orion-esm-fm1-delivery-copyrightairbus.jpg[/img] "Orion" kapsulasi – astronavtlarni Oyga va Marsga olib chiquvchi AQShning rivojlangan keyingi avlod vositasi – qurilishi [url=htt