10:04 / 07.11.2018
4 701

"AirPods 2"ga doir yangiliklar uning taqdimotiga qadar oshkor bo‘lib ulgurdi

"AirPods 2"ga doir yangiliklar uning taqdimotiga qadar oshkor bo‘lib ulgurdi
"Apple"ning yangi "AirPods 2" simsiz eshitish moslamasi ularni sertifikatlashtirgan "Bluetooth SIG" (Bluetooth Special Interest Group) tashkilotining ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi.

Yangi quloqchinlar boshqa qurilmalarga Bluetooth 5.0 standarti bo‘yicha ulanadi. Shuningdek, Siri ovozli yordamchisi bilan, xususan, “qo‘lsiz” rejimida ishlay olishi uchun "AirPods 2"ga takomillashtirilgan chip o‘rnatilishi kutilmoqda.

Eshitish moslamasi “Salom, Siri” faollashtiruv jumlasini qo‘llab-quvvatlashi ilk bor "Apple" tomonidan 2018 yil sentyabrida, "iPhone" smartfonlari taqdimoti vaqtidagi videoda ko‘rsatilgan edi. Quloqchinlar "AirPower" simsiz quvvatlantirish stansiyasidan quvvat oladigan yangi quvvatlantirish g‘ilofiga ham ega bo‘ladi.

"Apple" "AirPods 2" uchun olingan savdo belgisining ko‘lamini “salomatlik datchiklari” turkumigacha kengaytirgan. Bu – "AirPods 2" quloqchinlarida tana salomatligini kuzatib borish imkonini beruvchi yangi funksiyalar bo‘lishidan darakdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "AirPods 2"ga doir yangiliklar uning taqdimotiga qadar oshkor bo‘lib ulgurdi