Qozog‘iston yangi "KazSat-2R" kosmik aloqa tizimi yordamida qo‘shni O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondagi foydalanuvchilarga eng so‘nggi telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni maqsad qilgan.
Qozog‘iston 2011 yildan beri orbitada "KazSat-2" kosmik qurilmasini almashtirish uchun rejadagidek "KazSat-2R"ni tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligining xabar berishicha, Operatsion sun’iy yo‘ldoshning geostatsionar orbitada taxminiy faol mavjud bo‘lish muddati 2023 yilning noyabr oyiga qadar davom etadi.
"KazSat-2R" kosmik kema manbalari “Raqamli Qozog‘iston” davlat dasturini amalga oshirish doirasida belgilangan yo‘ldoshli aloqa kanallarini tashkil qilish uchun ishlatiladi. Bu esa mamlakatning chekka qishloqlardagi, shuningdek, chegara davlatlari – Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘izistondagi foydalanuvchilarga keng ko‘lamda ko‘p tarmoqli internetga kirish, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlaydi", – deya belgilangan qaydnomada.
Respublika kosmik aloqalar markazi 2016 yildan buyon Qozog‘iston Respublikasi Xalq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan investitsiya taklifi yuzasidan ishlab chiqarilgan loyiha ustida ishlamoqda. Ayni paytda "KazSat-2" kosmik kemasini rejadagidek almashtirish uchun "KazSat-2R" kosmik aloqa tizimini yaratish va ishga tushirish bo‘yicha texnik topshiriqlarning moliyaviy va iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
Bugungi kunda "KazSat-2" va "KazSat-3" milliy kosmik vositalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. 15 ta sun’iy yo‘ldosh operatorlari ularning resurslaridan foydalanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi