07:32 / 08.11.2018
3 329

LG o‘z smartfonlarining ko‘rinishini butkul o‘zgartirmoqchi (foto)

LG o‘z smartfonlarining ko‘rinishini butkul o‘zgartirmoqchi (foto)
LG kompaniyasi o‘zining bo‘lajak smartfonlari uchun bir nechta ishlanmani patentladi. Dastlabki ikki ishlanma old paneldagi ekran maydonini kattalashtirishga daxldor.

LG ham raqobatchisi "Samsung" kabi “teshik” displey ustida ish olib bormoqda – bunda ekranda faqat frontal kamera uchun “qosh” qoldiriladi.

Agar frontal kameralar ikkita bo‘lsa, “qosh” oval ko‘rinishda bo‘ladi. Ayni vaqtda uni ekranning yuqori qismi markaziga ham, burchagiga ham joylashtirsa bo‘ladi.

Shuningdek, smartfonning bir tomoni qiyalashtirilishi (yoki “o‘tkirlashtirilishi”) ham mumkin.

Boshqa bir ishlanma esa orqa panelga asosiy kameralarni o‘rnatish bilan bog‘liq. U xuddi "Huawei Mate 20" va "Huawei Mate 20 Pro" flagmanlaridagi kabi kvadrat ko‘rinishda tashkil etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG o‘z smartfonlarining ko‘rinishini butkul o‘zgartirmoqchi (foto)