Xitoy rasmiylari odamlarni ularning qadam bosishi yoki tana tuzilishi bo‘yicha tanib olishga mo‘ljallangan yangi kuzatuv vositalarini qo‘llashni boshladi. Tizim 50 metr masofada turgan har qanday odamning, u hatto kameraga ters turgan yoki yuzi ko‘rinmayotgan bo‘lsa ham, shaxsini aniqlay oladi.
Butun Xitoy eng yangi optika va yuz tanish texnologiyalari bilan ta’minlangan son-sanoqsiz videokuzatuv kameralari bilan qamrab olingan, endi esa Pekin va Shanxay shaharlarida odamlarni yurishidan taniy oladigan kameralar ishga tushdi. Ushbu tizim shaxsiy hayot daxlsizligi tarafdorlarining chuqur xavotirlariga sabab bo‘ldi.
Tizim insonning yuziga “qiyo boqishi” shart emas, shunchaki uning qanday yurib ketayotganini ko‘rsa bas. Cho‘loqlanib, boshqacharoq qadam bosib tizimni aldash imkoni yo‘q – u butun tananing o‘ziga xosliklarini tahlil qilib, shu asosda xulosa chiqaradi.
Yurishni tanish texnologiyasidan hozirning o‘zida bir qator mayda jinoyatlarning oldini olishda (masalan, avtomobil yo‘lini belgilanmagan joylarda kesib o‘tish kabi) va olomon orasidan qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarni aniqlashda foydalanilmoqda. Yaqin vaqt ichida yangi tizim umummilliy kuzatuv tizimiga qo‘shilishi kutilayapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!